Doʻkonimiz — xarid ixlosmandlari uchun haqiqiy jannat, juda koʻp chiroyli va orzu qilingan buyumlar: gʻayrioddiy suratlar, soʻzana, kashta, sopol buyumlar, zargarlik mahsulotlari, matolar va turli suvenirlar. Buxoro amirlari hayotidan turmush va janr sahnalari tasvirlangan anʼanaviy suratlar koʻzni maftun etadi.
Oltin kashta bilan bezatilgan yostiqlar, ayollar sumkalari, roʻmol va sharflarning yorqin joylari diqqatni tortadi. Javonlarda qatorlashib sopol buyumlar — likopchalar, tovoqlar, kosalar va choynaklar turibdi. Sharqning koʻplab ajoyib musiqa asboblari hayratda qoldiradi. Milliy uslubdagi rang-barang suvenirlar quvontiradi va sharq ertagidagi vaqtingizni yoqimli eslatadi.